500 mg metronidazol
1. Qo‘zg‘atuvchisi sifatida anaerob bakteriyalar aniqlangan yoki shubha qilingan infektsiyalarni, ayniqsa Bacteroides fragilis va boshqa Bacteroides turlarini, shu jumladan Fusobacteria, Eubacteria, Clostridia va anaerob kokklar kabi, qaysilarga nisbatan metronidazol bakteritsid bo‘lib hisoblangan bakteriya turlarini davolash.
Mistol septitsemiya, bakteriyemiya, bosh miya abstsessi, nekrozlaydigan pnevmoniya, osteomiyelit, tug‘ruqdan keyingi sepsis, tos abstsessi, tos sellyuliti, peritonit va operatsiyadan keyingi yaralarning infektsiyalari, yuqorida ko‘rsatilgan anaeroblardan biri yoki bir nechtasi ajratilgan hollarda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi.
2. Anaerob bakteriyalar, ayniqsa Bacteroides turlari va anaerob streptokokklar qo‘zg‘atadigan operatsiyadan keyingi infektsiyalarni oldini olish.