ISTEʼMOLCHILARNI YUQORI SIFATLI, SAMARALI VA XAVFSIZ DORI VOSITALARI BILAN TAʼMINLASH “KUSUM” KOMPANIYASI GURUHLARINING ENG MUHIM USTUVORLIGI HISOBLANADI
“Kusum” kompaniyalari guruhi tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlarning xavfsizligi va samaradorligini taʼminlash uchun biz farmakologik nazorat tizimini yaratdik va doimiy ravishda takomillashtirmoqdamiz.
Agar dori vositalarini isteʼmol qilish noxush reaksiyalarga olib kelsa va / yoki samara bo‘lmasa (bundan keyin NR / SB), darhol shifokorga murojaat qiling*.
“Kusum” kompaniyalar guruhi tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlarni tibbiy maqsadlarda ishlatishda NR va / yoki SB ning yuzaga kelishi to‘g‘risida xabar berish uchun quyidagi xabar-kartasini to‘ldiring.
Taqdim etilgan maʼlumotlardan faqat o‘zi ishlab chiqargan dori-darmonlarning xavfsizligini nazorat qilish, tahlil qilish va hisobot berish uchun foydalanish mumkin.
Biz biron bir murojaat eʼtibordan chetda qolmasligini va diqqat bilan ko‘rib chiqilishini kafolatlaymiz.