Dori vositalari
Dunyo
MEZAKAR SR
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Tutqanoqqa qarshi, neyrotrop va psixotrop dori vosita. Dibenzazepin hosilasi.
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Karbamazepin
Tarkibi :

Karbamazepin 400 mg

Qoʻllanilishi:

Epilepsiya – generalizatsiyalangan tonik-klonik va parsial tutqanoqlar. Mezakar SR ta'siri uzaytirilgan tabletkalari yaqinda epilepsiya tashxislangan patsiyentlarga, shuningdek nazorat qilinmaydigan yoki joriy tomir tortishishiga qarshi terapiyaga chidamsizlik bo‘lgan patsiyentlarga tavsiya etilgan.
Izoh. Karbamazepin, odatda, absansalar (petit mal) va mioklonik tutqanoqlarda samarasiz. Bundan tashqari, norasmiy ma'lumotlar atipik absansalar bo‘lgan patsiyentlarda tutqanoqlar zo‘rayishi yuzaga kelishi mumkinligidan dalolat beradi.
Uch shoxli nerv nevralgiyasida xurujsimon og‘riq.
Litiy bilan terapiyaga javob bermaydigan patsiyentlarda maniakal-depressiv psixozlarni profilaktika qilish uchun tavsiya etilgan.