Dori vositalari
Dunyo
LANISTOR
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Tirishishga qarshi vosita
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Lamotridjin
Tarkibi :

Lamotridjin 25 mg, 50 mg, 100 mg.

Qoʻllanilishi:

Tutqanoqda 

Katta yoshdagi patsiyentlar va 13 yoshdan katta o‘smirlarga

- Tutqanoq kasali monoterapiyasi yoki yordamchi terapiyasi, shu jumladan partsial va generalizatsiyalangan xurujlarda, shuningdek tonik-klonik xurujlarda.

- Lennoks-Gasto sindromi bilan bog‘liq xurujlar. Lanistor preparati qo‘shimcha terapiya sifatida qo‘llaniladi, biroq birlamchi tutqanoq kasaliga qarshi preparat (AED) sifatida ham foydalanish mumkin, Lennoks-Gasto sindromini davolashni shundan boshlash kerak. 

Qo‘shqutbli kasallik18 yoshdan katta patsiyentlar 

- Ko‘proq depressiv epizodlar kuzatiladigan I turdagi qo‘shqutbli kasallik bo‘lgan patsiyentlarda depressiya epizodlarini profilaktika qilish. 

Lanistor o‘tkir vasvasa yoki depressiya epizodlarini davolash uchun mo‘ljallanmagan.