Dori vositalari
Dunyo
FLUTISAL
Dori vositasi shakli :
Qattiq jelatinli kapsulalar
ATC darajasi :
Nerv tizimi kasalliklarini davolash uchun preparatlar. Psixoanaleptiklar. Antidepressantlar. Serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar. Fluoksetin.
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Fluoksetin
Tarkibi :

Fluoksetin gidroxloridi 20 mg fluoksetinga ekvivalent

Qoʻllanilishi:

Katta yoshdagi patsiyentlar
Katta depressiv epizodlar.
Obsessiv-kompulsiv buzilish.
Bulimik nevroz: Flutisal nazoratsiz ovqatlanishni kamaytirish uchun psixoterapiyaga qo‘shimcha sifatida va ichaklarni tozalash maqsadida tavsiya etilgan.
8 yosh va undan katta yoshdagi bolalar va o‘smirlar
O‘rtacha va og‘ir darajali katta depressiv epizodlar, depressiya 4-6 ta seansdan so‘ng psixologik terapiyaga javob bermagan holatlarda. O‘rtacha yoki og‘ir darajali depressiya bo‘lgan bolalarga yoki yosh patsiyentlarga antidepressantlar faqat bir vaqtda psixologik terapiya bilan birgalikda buyuriladi.