Dori vositalari
Dunyo
ZIOMITSIN
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Tizimli foydalanish uchun antibakterial vositalar. Makrolidlar. Azitromitsin.
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Azitromitsin
Tarkibi :

250 mg va 500 mg azitromitsinga ekvivalent bo‘lgan azitromitsin digidrati

Qoʻllanilishi:

- LOR a'zolari infektsiyalari (sinusit, faringit, tonzillit, otit)
­- Nafas yo‘llari infektsiyalari: o‘tkir bronxit, interstitsial va alveolyar pnevmoniya
­- Helicobacter pylori sabab bo‘lgan oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak kasalliklari
­- Teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (surunkali ko‘chib yuruvchi eritema (Laym kasalligi), saramas yallig‘lanishi, impetigo, ikkilamchi piodermiyalar, balog‘at yoshida husnbuzarning murakkab shakllarini davolash)
­- Jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar (shu jumladan, urogenital xlamidioz, asoratlanmagan uretrit va Chlamydia trachomatis sabab bo‘lgan servitsit)