Biotin – 5 mg
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda biotin tanqisligi tufayli paydo bo‘lgan quyidagi kasalliklarni majmuaviy davolash:
- soch kasalliklari (sochni o‘ta ingichkalashishi, sinuvchan sochlar, soch to‘kilishi, sochlarning yuqori yog‘liligi yoki quruqligi, soch oqarishi);
- teri kasalliklari (dermatit, yog‘li seboreya, teri quruqligi va sho‘ralashi);
- tirnoq kasalliklari (tirnoqlar sinuvchanligi, qatlamlanishi, o‘sishi yoki ular tuzilishining buzilishi);
- me’da-ichak yo‘llari tomonidan funksional buzilishlar (shu jumladan, malabsorbsiya sindromi);
- biotinidaza yetishmovchiligi;
- psixoemotsional buzilishlar (yuqori asabiylashish va toliqish, seruyqulik, apatiya, mushak bo‘shashishi) da qo‘llaniladi.