500 mg levofloksatsinga ekvivalent bo‘lgan levofloksatsin gemigidrati
Taygeron infuziya uchun eritmasi katta yoshdagi patsiyentlarda quyidagi infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang):
• shifoxonadan tashqari rejimli zotiljam kasalligi;
• teri va yumshoq to‘qimalarning asoratli infektsiyalari;Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratli infektsiyalarida levofloksatsin, odatda, ushbu infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etiladigan boshqa antibakterial dori preparatlarining qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan holatdagina qo‘llanilishi kerak.
• o‘tkir darajali piyelonefrit va siydik yo‘llari asoratli infektsiyalari (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang);
• surunkali bakterial prostatit;
• kuydirgining o‘pka shakli: aloqadan so‘ng profilaktika va davolash (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Antibakterial dori preparatlarining tegishlicha qo‘llanilishiga doir rasmiy yo‘riqnomalar hisobga olinishi kerak.