Dori vositalari
Dunyo
PRAMISUM
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Parkinson kasalligiga qarshi dori preparatlari. Dofamin agonistlari.
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Pramipeksol
Tarkibi :

Faol modda: pramipeksol digidroxloridi monogidrati – 0,25 mg yoki 1,0 mg; yordamchi moddalar: mannitol 35 (Pearlitol 50C), makkajo‘xori kraxmali, povidon (PVPK30), povidon K90 (PVPK90), magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan suv.

Qoʻllanilishi:

Pramisum preparati katta yoshdagi patsiyentlarda Parkinson idiopatik kasalligining belgilari va simptomlarini monoterapiya sifatida (levodopasiz) yoki levodopa bilan kombinatsiyada davolash uchun, ya'ni butun kasallik davomida levodopaning ta'siri kuchsizlanganida yoki doimiy bo‘lmaganida va terapevtik samarasini o‘zgarishlari (dozani oxiri yoki “ulangan-uzilgan” tebranishlari) paydo bo‘ladigan kechki bosqichlargacha qo‘llansh ko‘rsatilgan.
Pramisum preparati katta yoshdagi patsiyentlarda o‘rtacha va og‘ir darajadagi idiopatik bezovta oyoqlar sindromini pramipeksol ta'sir etuvchi moddasini 0,54 mg dan yuqori bo‘lmagan dozalari (pramipeksol digidroxloridi monogidrati 0,75 mg li tuzi shaklida) bilan simptomatik davolash uchun ko‘rsatilgan (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).