Dori vositalari
Dunyo
ORGIL
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar. Imidazol hosilalari.
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Ornidazol
Tarkibi :

500 mg ornidazol

Qoʻllanilishi:

Orgil quyidagi kabi ornidazolga sezuvchan organizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etilgan:
Trixomoniaz
Trichomonas vaginalis ayollar va erkaklarda urogenital yo‘li infektsiyalari.
Amyobiaz
Entamoeba histolytica turli xil shakllari, shu jumladan amyoba dizenteriyasini o‘z ichiga olgan ichak yo‘llari barcha infektsiyalari. Ichak yo‘llaridan tashqaridagi amyobiazning barcha shakllari, shu jumladan abstsesslanadigan jigar amyobiazi.
Lyamblioz (Giardioz)
Anaerob bakteriyalar bilan qo‘zg‘atilgan infektsiyalar
Sepsis, meningit, peritonit, operatsiyadan keyingi jarohat infektsiyalari, tug‘ishdan keyingi sepsis, septik abort, endometrit kabi infektsiyalarni qayd etilgan bakteriyalarning isbotlangan yoki taxmin qilingan jalb etilishi bilan davolash.
Jarrohlik aralashuvlarini oldini olish, ayniqsa, yo‘g‘on ichakda, shuningdek ginekologik operatsiyalar.