Montelukast natriy 4 mg va 5 mg montelukastga ekvivalentdir
Montular Kids ingalyatsion kortikosteroidlar qabul qilinishi bilan nazorat qilinmaydigan yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi persistirlovchi bronxial astma bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek “zarur hollarda” qisqa ta'sirli β-agonistlar qo‘llanilishi astmaning yetarlicha klinik nazoratini ta'minlamaydigan patsiyentlarga qo‘shimcha terapiya sifatida buyuriladi.
Montular Kids yaqinda anamnezida kortikosteroidlarni peroral qabul qilishni talab qiladigan astmaning jiddiy xurujlari bo‘lmagan va ingalyatsion kortikosteroidlarni qabul qilish imkoniyati bo‘lmagan, ingalyatsion kortikosteroidlarning quyi dozalarini qabul qilayotgan yengil darajali doimiy davom etuvchi astma bo‘lgan patsiyentlar uchun davolashning muqobil varianti ham bo‘lishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalar” bo‘limiga qarang).
Shuningdek, Montular Kids astmani profilaktika qilish uchun buyuriladi, bunda jismoniy yuklama bilan kuchaytirilgan bronxospazm ustuvor tarkibiy qism hisoblanadi.