Dori vositalari
Dunyo
MONTULAR
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Leykotriyen retseptorlari antagonistlari
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Montelukast
Tarkibi :

10 mg montelukastga ekvivalent bo‘lgan natriy montelukasti

Qoʻllanilishi:

Montular ingalyatsion kortikosteroidlar qabul qilinishi bilan nazorat qilinmaydigan yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi vaqti vaqti bilan avj oluvchi bronxial astma bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek “zarurat bo‘yicha” qisqa ta'sirli beta-agonistlar qo‘llanilishi astmaning yetarli darajada klinik nazoratini ta'minlamaydigan patsiyentlarga qo‘shimcha davolash sifatida buyuriladi. Montular buyurilgan astmasi bo‘lgan patsiyentlarda preparat mavsumiy allergik rinit simptomlarini ham yengillashtiradi. Montular, shuningdek dominant komponenti jismoniy yuklama bilan induktsiyalangan bronxospazm bo‘lgan, astmani oldini olish uchun ham qo‘llanadi.