Dori vositalari
Dunyo
MEZAKAR
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Tutqanoqqa (epilepsiyaga) qarshi preparat
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Karbamazepin
Tarkibi :

200 mg karbamazepin

Qoʻllanilishi:

- Epilepsiya: oddiy simptomlarga ega partsial tutqanoqlar (fokal tutqanoqlar); murakkab simptomlarga ega partsial tutqanoqlar (psixomotor tutqanoqlar); generalizatsiyalangan tutqanoqlar, ko‘proq fokal genezli (uxlash vaqtida generalizatsiyalangan tutqanoqlar, diffuzli generalizatsiyalangan tutqanoqlar), epilepsiyaning aralash shakllari;­

- Uch shoxli nerv nevralgiyasi;­

- Til-tomoq nevralgiyasi;­

- Og‘riq sindromli diabetik neyropatiyasi;­

- Tarqoq sklerozda epilepsiya shaklidagi tomir tortishishlar;­

- Alkogol abstinentli sindromida tomir tortishishlar profilaktikasi; ­

- Psixoz (asosan maniakal-depressiv holatlar, bezovtalik, qattiq hayajonlanish va vahimaga tushishga olib keladigan depressiya va katatonik hayajonlanish).