Levetiratsetam 250 mg, 500 mg
Logufen birinchi marta epilepsiya tashxisi qo‘yilgan katta yoshdagilar hamda 16 yosh va undan katta yoshdagi o‘smirlarda ikkilamchi generalizatsiyali va generalizatsiyasiz partsial tutqanoqlarni davolashda monoterapiya sifatida tavsiya etilgan.
Logufen quyidagi holatlarda yordamchi sifatida tavsiya etilgan:
− epilepsiya bo‘lgan katta yoshdagilar, o‘smirlar va 6 yoshdan katta yoshdagi bolalarda ikkilamchi generalizatsiyali va generalizatsiyasiz partsial tutqanoqlarni davolashda;
− yuvenil mioklonik epilepsiya bo‘lgan katta yoshdagilar va 12 yoshdan katta yoshdagi o‘smirlarda mioklonik tutqanoqlarni davolashda;
− idiopatik generalizatsiyalangan epilepsiya bo‘lgan katta yoshdagilar va 12 yoshdan katta yoshdagi o‘smirlarda birlamchi generalizatsiyalangan tonik-klonik tutqanoqlarni davolashda.