Dori vositalari
Dunyo
LEFNO
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Selektiv immunodepressantlar
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Leflunomid
Tarkibi :

20 mg leflunomid

Qoʻllanilishi:

Leflunomid (Lefno) tabletkalari quyidagi kasalliklar bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarni davolash uchun mo‘ljallangan:
• faol revmatoidli artrit, “kasallikni modifikatsiyalaydigan antirevmatik preparat” sifatida;
• faol psoriatik artritda qo‘llaniladi.
Gepatotoksik yoki gematotoksik kasallikni modifikatsiyalaydigan antirevmatik preparatlar (masalan, metotreksat) bilan yaqinda yoki bir vaqtda davolanish jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar yuqori xavfiga olib kelishi mumkin, shu tufayli leflunomid bilan davolash boshlanishida foyda/xavf nisbatini puxta baholash kerak.
Bundan tashqari, leflunomiddan boshqa kasallikni modifikatsiyalaydigan antirevmatik preparatga yuvish muolajasiga rioya qilinmagan holda o‘tish ham (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang), ushbu o‘tishdan so‘ng uzoq vaqt davomida ham jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar xavfini oshirishi mumkin.