Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: etorikoksib 60 mg/90 mg/120 mg;
yordamchi moddalar: natriy kroskarmelloza, magniy stearati, suvsiz dikalsiy fosfati (A-Tab), mikrokristall sellyuloza (PH102), kolloidli kremniy dioksidi, Opadry (II) 31G58920 oq rangli va tozalangan suv.
Opadry (II) 31G58920 oq qobig'ining tarkibi : laktoza monogidrati, titan dioksidi (E171), gipromelloza, polietilenglikol, talk.
Forsanek preparati katta yoshdagi patsiyentlarga hamda 16 yosh va undan katta yoshdagi o’smirlarga osteoartrit (OA), revmatoid artrit (RA), ankillovchi spondilit simptomlarini yengillatish, shuningdek o’tkir darajali podagrik artrit bilan bog’liq og’riqlar va yallig’lanish belgilarini yengillatish uchun buyuriladi.
Forsanek preparati katta yoshdagi patsiyentlarga hamda 16 yosh va undan katta yoshdagi o’smirlarga jarrohlik aralashuvi bilan bog’liq o’rtacha darajali og’riqni qisqa muddatli davolash uchun buyuriladi.
SOG-2 selektiv ingibitorini buyurish to’g’risida qaror har bir patsiyent uchun umumiy xavflarni yakka tartibda baholashga asoslanishi kerak (“Qo’llanish mumkin bo’lmagan holatlar” va “Maxsus ko’rsatmalar” bo’limlariga qarang).