Diklofenak dietilamin, 10 mg diklofenak natriyga ekvivalent, metilsalitsilat 100 mg, mentol 50 mg, zig‘ir moyi 30 mg
Ogriq va shish bilan kechuvchi tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ xarakterdagi quyidagi kasalliklarda: revmatoid artriti, ankilozlovchi spondiloartrit (Bexterev kasalligi), o‘tkir podagrik, infektsion, psoriatik va posttravmatik artritlar, yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, miozit), bo‘g‘imlarning degenerativ kasalliklari (katta va qichik bo‘g‘imlarning osteoartrozlari), umurtqa pog‘onasining osteoxondrozi, mialgiyalar, nevralgiyalar, bel-dug‘gaza radikuliti, jarohatlardan keyingi og‘riklar, boylamlar bo‘shligi, boylamlar, mushak va paylarni cho‘zilishlari, og‘ir jismoniy yuklamalar chaqirgan mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riqda qo‘llaniladi.