Dori vositalari
Dunyo
DIKLOSЕYF REKTAL SUPPOZITORIYLAR
Dori vositasi shakli :
Rektal suppozitoriylar
ATC darajasi :
Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Diklofenak natriy
Tarkibi :

Natriy diklofenak – 50 mg/100 mg

Qoʻllanilishi:

Keng diapazonli kasalliklarda har qanday darajali og‘riqlar va yallig‘lanishlarni yengillatish, shu jumladan: 

Keng diapazonli kasalliklarda har qanday darajali og‘riqlar va yallig‘lanishlarni yengillatish, shu jumladan: 

• Artrit: revmatoidli artrit, osteoartrit, ankilozatsiyalaydigan spondilit, o‘tkir darajali podagra.

• Periartrit (masalan, yelka-kurak periartriti), tendinit, tenosinovit, bursit kabi suyak-mushak tizimi kasalliklari. 

• Jarohatlar, shu jumladan suyak sinishi, beldagi og‘riq, paylar shikastlanishi, chiqiqlar, ortopedik, stomatologik operatsiyalar va boshqa kichik jarrohlik aralashuvi natijasi sifatida og‘riq sindromining boshqa turlari. Dikloseyf suppozitoriylari bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.