Dori vositalari
Dunyo
DEZESTRA
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Nerv tizimi. Psixoanaleptiklar. Antidepressantlar. Serotoninni qayta soʻrilishini selektiv ingibitorlari. Essitalopram.
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
essitalopram
Tarkibi :

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: essitalopram oksalat 10 mg yoki 20 mg essitalopramga ekvivalent;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza PH 112, natriy kroskarmelloza, kolloidli kremniy dioksidi, tozalangan talk, magniy stearati, tozalangan suv va Opadry 03F58750 oq  (gipromelloza, titan dioksidi (E171), makrogol va talk).

Qoʻllanilishi:

Katta depressiv epizodlarni davolash.

Agorafobiyali yoki agorafobiyasiz vahima buzilishini davolash.

Ijtimoiy xavotirli buzilishini (ijtimoiy fobiyalar) davolash.

Tarqalgan xavotirli buzilishini davolash.

Obsessiv-kompulsiv buzilishni davolashda qo’llaniladi.