Dori vositalari
Dunyo
DERMAZOL KREM
Dori vositasi shakli :
Krem
ATC darajasi :
Sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar. Imidazol va triazol hosilalari. Ketokonazol.
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Ketokonazol
Tarkibi :

Ketokonazol USP - 20 mg.

Qoʻllanilishi:

Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan teri va tirnoqlarning zamburug‘li infeksiyalarini davolash: silliq terining mikozi, trixofitiya, qo‘l va tirnoqlar epidermofitiyasi, chov epidermofitiyasi, silliq teri mikrosporiyasi, onixomikoz, kandidamikoz, kepaklanuvchi temiratki, seboreyali dermatit, balanopostit, vulvovaginitda qo‘llanadi. Dermatomikozlarni rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda dermatomikozlarni oldini olishda qo‘llanadi.