Mupirotsin 20 mg
Baktopik preparati aksariyat teri infeksiyalari qo‘zg‘atuvchi organizmlarga, aynan esa: Staphylococcus aureus, shu jumladan metitsillinga chidamli shtammlar, boshqa stafilokokklar, streptokokklarga nisbatan faollik namoyon qiladigan sirtga qo‘llanish uchun mo‘ljallangan antibakterial dori vositasi hisoblanadi. Dori vositasi Escherichia coli va Haemophilus influenzae kabi grammanfiy organizmlarga qarshi faollikni ham namoyon qiladi. Baktopik surtmasi impetigo, follikulit, furunkulyoz kabi infeksiyalarida qo‘llanadi.