Dori vositalari
Dunyo
ASKOTSIN
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Askorbin kislotasi boshqa dori preparatlari bilan majmuada
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Askorbin kislotasi va sink
Tarkibi :

Askorbin kislotasi 100 mg; Natriy askorbati askorbin kislotasiga ekvivalent 400 mg; Rux oksidi ruxga ekvivalent 15 mg.

Qoʻllanilishi:

Askotsin shamollash, infeksiya va immun tanqisligi kasalliklariga moyillik bo‘lganida, C vitaminining gipo- va avitaminozida, qon ketishlarida (bachadon, o‘pka, burundan qon ketishlarida, nur kasalligida), jigar kasalliklarida (A gepatiti, surunkali gepatit, sirrozda), homiladorlar nefropatiyasida, Addison kasalligida, antikoagulyantlar dozasi oshirib yuborilganida, suyak sinishlarida va uzoq muddat bitmaydigan yaralarda, distrofiyada buyuriladi. Askotsin immunitet pasayishi, biriktiruvchi to‘qimalar shikastlanishi, uglevod, yog‘ almashinuvi buzilishlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyati buzilishlari, qon tomirlarining yuqori o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligi bilan kechadigan kasalliklarni kompleks davolashda, shuningdek prostata bezining gipofunksiyasida qo‘llanilishi mumkin. Preparat ateroskleroz, bronxial astma, biriktiruvchi to‘qimalar kasalliklarida (revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik, sklerodermiyada) buyurilishi mumkin.