Traneksam kislotasi 500 mg
Yuqori generalizatsiyalangan fibrinoliz (prostata bezini operatsiya qilish vaqtida va operatsiyadan keyingi qon ketishlar; fibrinolitik terapiyadan so‘ng gemorragik asoratlar), shuningdek mahalliy fibrinoliz (metrorragiya; me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar; burun qonashi; posttravmatik gifema; prostatektomiyada operatsiyadan keyingi qon ketishlar yoki qovuqdagi operatsiyalar, tonzilektomiya, bachadon bo‘yni konizatsiyasi operatsiyalarida, gemofiliya bo‘lgan patsiyentlarda tishlar olinishi) oqibatida qon ketishlarda yoki qon ketishlar xavfida qo‘llaniladi.
Shuningdek, irsiy angionevrotik shishishda qo‘llaniladi.