500 mg yoki 750 mg levofloksatsinga ekvivalent levofloksatsin gemigidrati
Levofloksatsin tabletkalari kattalarda quyidagi infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi:
• o‘tkir bakterial sinusit
• surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining, shu jumladan bronxitning kuchayishi
• shifoxonadan tashqari pnevmoniya
• teri va yumshoq to‘qimalarning murakkab (asoratli) infektsiyalari
Yuqoridagi infektsiyalar uchun levofloksatsin tabletkalarini faqat ushbu infektsiyalarni dastlabki davolashda tavsiya etiladigan antibakterial vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas deb hisoblaganda qo‘llash mumkin.
• piyelonefrit va siydik yo‘llarining murakkab (asoratli) infektsiyalari
• surunkali bakterial prostatit
• kuydirgi kasalligini ingalyatsiyasi: zararlangandan keyin oldini olish va davolash
Levofloksatsin tabletkalari, shuningdek, levofloksatsinni vena ichiga yuborish paytida sog‘aygan bemorlarda terapiya kursini davom ettirish va yakunlash uchun ishlatilishi mumkin.
Antibakterial vositalarni to‘g‘ri ishlatish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatmalarni hisobga olish kerak.