Dori vositalari
Dunyo
POLIMIK
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Tizimli qo‘llash uchun antibakterial preparatlar, majmuaviy antibakterial preparatlar.
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Ofloksatsin, ornidazol.
Tarkibi :

Ofloksatsin 200 mg, ornidazol 500 mg

Qoʻllanilishi:

Polimik preparatning tarkibiy moddalariga sezuvchan qo‘zg‘atuvchilar (mikroorganizmlar va bir hujayrali sodda organizmlar) tufayli paydo bo‘lgan quyidagi aralash infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etilgan:­

- Siydik yo‘li tizimi kasalliklari: o‘tkir darajali va surunkali piyelonefrit, prostatit, sistit, epididimit, jarrohlik infektsiyalari, tanosil yo‘llarining og‘irlashgan yoki qaytalanuvchi infektsiyalari, ginekologik kasalliklar; ­

- penitsillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadlar va boshqa mikroorganizmlar tomonidan qo‘zg‘atilgan jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar; ­

- qorin bo‘shlig‘i va o‘t yo‘llari a'zolarining yuqumli kasalliklari, shuningdek amebiaz – amyobali ichburug‘, ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa, jigarning amyobali yiringlashi, lyamblioz va ichterlama, salmonellez, shigellez kabi boshqa yuqumli kasalliklar;­

- og‘iz bo‘shlig‘i infektsiyalari, o‘tkir darajali nekrotik yarali gingivit; ­

- immun tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki neytropeniya bo‘lgan patsiyentlarda yuqumli kasalliklar asoratlarini profilaktika qilish; jarrohlik infektsiyalarini, ayniqsa, gastroenterologiyada operatsiyadan oldingi tayyorgarlik yoki operatsiyadan keyingi davolashda qo‘llaniladi.