Dori vositalari
Dunyo
FUTSIS RASTVOR
Dori vositasi shakli :
Infuziya uchun eritma
ATC darajasi :
Tizimli foydalanish uchun zamburug‘larga qarshi vositalar. Triazol hosilalari.
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Flukonazol
Tarkibi :

Flukonazol 200 mg.

Qoʻllanilishi:

Flukonazol quyidagi zamburug‘ infektsiyalari uchun qo‘llaniladi:Flukonazol quyidagi zamburug‘ infektsiyalari uchun qo‘llaniladi:
Flukonazol kattalardagi quyidagi kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladi, masalan:
• kriptokokk meningiti ("Maxsus ko‘rsatmalar" bo‘limiga qarang);
• koktsidioidoz ("Maxsus ko‘rsatmalar" bo‘limiga qarang);
• invaziv kandidozlar;
• shilliq pardalar kandidozi, shu jumladan og‘iz yutqin kandidozi va qizilo‘ngach kandidozi, kandiduriya, terining va shilliq pardalarning surunkali kandidozi;
• mahalliy stomatologik gigiyena vositalari samarasizligi holatlaridagi surunkali atrofik kandidoz (tish protezlaridan foydalanish natijasida kelib chiqadigan kandidoz).
Flukonazol kattalardagi quyidagi kasalliklarni oldini olish uchun qo‘llaniladi, masalan:
• rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda kriptokokk meningitining qaytalanishi;
• OITS bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda og‘iz yutqin yoki qizilo‘ngach kandidozining qaytalanishi;
• uzoq muddatli neytropeniya kuzatiladigan bemorlarda kandidoz infektsiyalarni oldini olish (masalan, kimyoterapiya olayotgan yomon sifatli xavfli qon kasalliklari bilan kasallanganlar yoki gemopoetik o‘zak  hujayralari transplantatsiyasi qilingan bemorlar).
Flukonazol yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, chaqaloqlar, yurishni boshlagan bolalar, 0 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘spirinlarni davolash uchun ko‘rsatilgan:
• Flukonazol shilliq qavatlar kandidozi (og‘iz yutqin kandidoz, qizilo‘ngach kandidozi), invaziv kandidoz, kriptokokk meningiti va immuniteti past bo‘lgan bemorlarda kandidoz infektsiyalarini oldini olish uchun qo‘llaniladi. Flukonazol bilan davolash rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bolalarda kriptokokk meningitining qaytalanishini oldini olish uchun qo‘llash mumkin ("Maxsus ko‘rsatmalar" bo‘limiga qarang).
Davolash o‘stirish uchun olingan namunaning mikrobiologik natijalari va boshqa laboratoriya tekshiruvlari ma'lum bo‘lgunga qadar boshlanadi, ammo bu natijalar olingach, zamburug‘larga qarshi davolash mos ravishda sozlanishi kerak.
Zamburug‘larga qarshi vositalarni tegishli ravishda ishlatilishi bo‘yicha rasmiy qo‘llanmalar ko‘rib chiqilishi kerak.