Flukonazol 50 mg.
Shilliq qavatlar kandidozi: og‘iz-tomoq (shu jumladan, protezlar bilan qo‘zg‘atilgan), qizilo‘ngach, noinvaziv bronxo-o‘pka kandidozi, kandiduriya.
Genital kandidozi: o‘tkir yoki qaytalanuvchan hazna kandidozi; qaytalanuvchan vaginal kandidoz takrorlangan holatlar profilaktikasi (bir yilda 3 va undan ko‘proq marta qaytalanish), kandidozli balanit.
Dermatomikozlar, shu jumladan tovon dermatofitiyasi, silliq teri trixofitiyasi, chov dermatofitiyasi, turli rangli temiratki, dermatofit onixomikoz (onixomikoz). Kimyoterapiya yoki nurli terapiyadan o‘tayotgan patsiyentlarda, OITS bo‘lgan patsiyentlarda zamburug‘ infektsiyalarini profilaktika qilish.
Futsis® DT bolalarga og‘iz-tomoq kandidozi, kriptokokk meningiti, zamburug‘ infektsiyalari (tovon dermatofitiyasi, silliq teri trixofitiyasi, chov dermatofitiyasi, turli rangli temiratki, dermatofit onixomikoz (onixomikoz)), chuqur endemik mikozlar, shu jumladan koktsidioidomikozni davolash uchun buyuriladi.