Flukonazol 100 mg.
Futsis® quyidagi zamburug‘li infektsiyalarda tavsiya etiladi (“Farmakodinamika” bo‘limiga qarang).
Kattalarga quyidagi kasalliklarni davolash uchun:
• kriptokokkli meningit (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
• koktsidioidomikoz (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
• invaziv kandidoz;
• shilliq pardalar kandidozi, og‘iz-tomoq kandidozi, qizilo‘ngach kandidozi, kandiduriya va surunkali teri va shilliq pardalar kandidozi;
• surunkali oral atrofik kandidozi (tish protezidan foydalanish tufayli kelib chiqqan), og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi yoki mahalliy davolash yetarlicha bo‘lmagan holatda;
• vaginal kandidoz, o‘tkir yoki qaytalanuvchan; maxalliy terapiya to‘g‘ri kelmagan holatda;
• kandidozli balanit, maxalliy terapiya to‘g‘ri kelmagan holatda;
• dermatomikoz, shu jumladan tovon dermatomikozi, silliq teri dermatomikozi, chov dermatomikozi, turli rangli temiratki va teri kandidoz infektsiyalari, muntazam terapiya tavsiya etilgan holatda;
• dermatofit onixomikoz (onixomikoz), boshqa dori vositalari to‘g‘ri kelmagan holatda.Kattalarga profilaktika uchun:
• yuqori qaytalanish xavfiga ega patsiyentlarda kriptokokkli meningit;
• yuqori qaytalanish xavfiga duch keladigan OIV yuqtirilgan patsiyentlarda qizilo‘ngach yoki og‘iz-tomoq kandidozi,;
• qaytalanuvchi vaginal kandidoz chastotasi kamayishi (yiliga 4 yoki undan ko‘proq epizodlar);
• uzoq vaqtli neytropeniyaga ega patsiyentlarda (masalan, kimyoviy terapiya qabul qiladigan gematologik xavfli yangi o‘smalarga ega patsiyentlarda yoki gematopoetik naychali hujayralar transplantatsiyasini olayotgan patsiyentlarda) kandidoz infektsiyalari profilaktikasi (“Farmakodinamika” bo‘limiga qarang).
6 yoshdan 17 yoshgacha bolalar va o‘smirlarga:
Futsis® shilliq pardalar (og‘iz-tomoq, qizilo‘ngach) kandidozini, invaziv kandidozni, kriptokokkli meningitni davolash va susaygan immunitetli patsiyentlarda kandidozli infektsiyalarni profilaktika qilish uchun tavsiya etilgan. Futsis® takrorlanish yuqori xavfiga ega bolalarda kriptokokkli meningit qaytalanishi oldini olish uchun quvvatlovchi terapiya sifatida qo‘llanishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).Terapiya kultural va boshqa laboratoriya tadqiqotlari natijalari olingungacha boshlanishi mumkin; biroq ushbu natijalar olinishi bilan taalluqli tarzda antiinfektsion terapiyaga tuzatish kiritilishi kerak.
Zamburug‘ga qarshi dori vositalaridan tegishlicha foydalanish bo‘yicha rasmiy qo‘llanma to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi kerak.