Dori vositalari
Dunyo
ESZOL
Dori vositasi shakli :
Tabletkalar
ATC darajasi :
Muntazam foydalanish uchun mo‘ljallangan zamburug‘ga qarshi preparat
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Itrakonazol
Tarkibi :

100 mg itrakonazol

Qoʻllanilishi:

• Vulvovaginal kandidoz.
• Vulvovaginal kandidoz.
• Kepaksimon temiratki.
• Itrakonazolga sezuvchan organizmlar tomonidan qo‘zg‘atilgan dermatomikoz (Trichophyton spp., Microsporum spp., Epidermophyton floccosum), masalan, oyoq yuzi dermatofitiyasi, chov epidermofitiyasi, silliq teri dermatomikozi, kaft dermatofitiyasi. 
• Orofaringeal kandidoz.
• Dermatofitlar va/yoki drojjilar tufayli paydo bo‘lgan onixomikoz.
• Gistoplazmozni davolash. 
• Eszol® birinchi liniya tizimli zamburug‘ga qarshi terapiya maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki samarasiz bo‘lgan holatda quyidagi tizimli zamburug‘ kasalliklarida tavsiya etilgan. Bu patologiya, patogen nosezuvchanligi yoki preparatning toksikligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:o aspergillyoz va kandidozni davolash;o kriptokokkozni (shu jumladan, kriptokokk meningitni) davolash: immuniteti kuchsiz va kriptokokkoz bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek markaziy nerv tizimi kriptokokkozi bo‘lgan patsiyentlarda;o OITS bo‘lgan bemorlarda asosiy zamburug‘ infektsiyasi qaytalanishi oldini olish uchun quvvatlovchi terapiya. 
• Eszol® standart terapiya maqsadga muvofiq bo‘lmagan holatda uzoq vaqtli neytropeniyada zamburug‘ infektsiyasini profilaktika qilish uchun ham tavsiya etilgan.