Dori vositalari
Dunyo
ARSTIFEN
Dori vositasi shakli :
Vishillovchi tabletkalar
ATC darajasi :
Siydik-tanosil tizimi va jinsiy gormonlar. Urologik kasalliklarni davolash uchun vosita. Siydik toshlarini eritish uchun preparat.
Taʼsir koʻrsatuvchi modda :
Limon kislotasi suvsiz, suvsiz natriy sitrat, kaliy bikarbonat
Tarkibi :

Suvsiz limon kislotasi -1197,0 mg; suvsiz natriy sitrati - 835,50 mg; kaliy bikarbonati - 967,50 mg.

Qoʻllanilishi:

Siydik chiqarish yo‘llarida siydik kislotasi toshlari litolizi hamda ularning birlamchi va ikkilamchi paydo bo‘lishini profilaktika qilish; aralash urat-oksalat toshlari litolizi; kalsiy-oksalat toshlarini o‘zgartirish (yangi toshlar takroriy paydo bo‘lishi va qoldiq fragmentlar o‘sishini bartaraf etish); sitostatik davolaganda urikozurik preparatlarni qabul qilganda siydik ishqorlanishi; sistein toshlari bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek fosfatolitiaz bilan kechuvchi buyrak kanalchali atsidozda, giperurikemiyani davolashga qo‘shimcha sifatida, ksantinoksidaza ingibitorlari qo‘llanilishi (masalan, podagra); teri kechki porfiriyasini majmuaviy simptomatik davolash tarkibida ad’yuvant sifatida qo‘llaniladi.